Fobos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fobos (qadimgi yunoncha: Φόβος, „qo‘rquv“) — yunon mifologiyasida qo‘rquvni ifodalagan xudo; urush xudosi Ares va Afroditaning[1], Garmoniyaning ukasi va Deymosning (dahshat) egizagi. Fobos otasiga janglarda hamrohlik qilgan[2]. Eridaning aravakashi[3].

Kipsel qutisidagi Agamemnon qalqonida sherning boshi bilan tasvirlangan[4].

1877-yilda Marsning yo‘ldoshlarini kashf etgan Asaf Xoll ularga Fobos va Deymos sharafiga nom berdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Гесиод. Теогония 934.
  2. Гомер. Илиада IV 440.
  3. Nonn. Deyaniya Dionisa XX 37.
  4. Pavsaniy. Opisanie Elladi V 19, 4.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Мифология. Большой энциклопедический словарь (Москва, 1998).
  • В цикле книг Рика Риордана «Перси Джексон».