Florida Departmenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Florida Departmenti

Florida
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
34°6′0″S 56°13′0″W / 34.10000°S 56.21667°W / -34.10000; -56.21667 G OKoordinatalari: 34°6′0″S 56°13′0″W / 34.10000°S 56.21667°W / -34.10000; -56.21667 G O
Mamlakat Urugvay
Maydon 10,457 km2 (4,037 mi²)
Aholisi
67,048
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Florida Departmenti xaritada

Florida (ispancha talaffuzi:[floˈɾiða]) – Urugvay davlatining departamentlaridan biri. Departamentning poytaxti Florida shahri hisoblanadi. Boʻlinma mamlakat markazidan biroz janubda joylashgan boʻlib, shimolda Durazno departamenti, sharqda Treinta y Tres va Lavallexa departamentlari, janubda Canelones departamenti va gʻarbda Flores hamda San José departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy Estancia, Florida departamentining janubi.

Florida departamenti 1856-yil 10-iyulda San Jose departamentidan ajralib chiqqan. 1760-yilda hozirgi departament hududida birinchi aholi punkti Fortin del Pintado qal’asi yaratildi. 1809-yilda esa „Villa de San Fernando de la Florida“ shahri tashkil etildi. Urugvay mustaqilligi voqealari paytida bu shaharchada vaqtinchalik hukumat tuzildi va 1825-yil 25-avgustga kelib Florida Kongresi departament toʻgrisidagi yangi uchta asosiy qonunni eʼlon qildi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Departamentning shimoldagi Durazno departamenti bilan chegarasining asosiy qismi daryosi orqali oʻtadi. Daryoning Arroyo del Peskado, Arroyo Molles del Peskado, Arroyo Illeskas, Arroyo sousi, Arroyo Mansavillagra, Arroyo Timote, Arroyo Molles del Timote, Arroyo de Kastro, Arroyo Sarandi va Arroyo sousi de Villaneu kabi koʻplab irmoqlari mamlakatning shimoliy qismini suv bilan taʼminlab turadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Florida departmenti xaritasi

2011-yilda boʻlib oʻtgan aholini roʻyxatga olish ma'lumotlarida Florida departamentida 67,048 (32,953 erkak va 34,095 ayol) nafar aholi va 29,437 ta xonadon borligi qayd etilgan[1]. Florida departamentida 9,101 nafar qishloq aholisi mavjud.

2010-yilda boʻlib oʻtgan statistika ishlarida qayd etilgan Florida departamentining demografik koʻrsatkichlari[2]:

  • Aholi oʻsish sur’ati: 0.431%
  • Tugʻilish darajasi: 13.92 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 9.56 oʻlim/1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 33.5 (32.4 erkaklar, 34.6 ayollar)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
    • Umumiy aholi uchun: 77.43 yosh
    • Erkaklar uchun: 74.28 yosh
    • Ayollar uchun: 80.91 yosh
  • Bir xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 21,978 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 9,039 peso
Asosiy shahar va qishloqlar Boshqa shahar va qishloqlar
2011-yilgi maʼlumotlarga asoslangan[3].
Shahar / Qishloq Aholi soni
Florida 33,639
Sarandí Grande 6,130
Casupá 2,402
Fray Marcos 2,398
Veinticinco de Mayo 1,852
Veinticinco de Agosto 1,849
Alejandro Gallinal 1,357
Cardal 1,202
Nico Pérez 1,030
Shahar / Qishloq Aholi soni
Capilla del Sauce 835
Mendoza Chico 810
La Cruz 747
Mendoza 730
Chamizo 540
Cerro Chato 409
Independencia 396

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Censos 2011 Florida (needs flash plugin)“. INE (2012). 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  2. „Uruguay en cifras“ (es) (PDF). INE (2011). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  3. „Censos 2011 Cuadros Florida“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]