Fizo Arman Ippolit Lui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

FIZO (Fizeau) Arman Ippolit Lui (1819.23.9, Parij 1896.18.9, Vantyoy qalʼasi) — fransuz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1875). Parij FA aʼzosi (1860), prezidenti (1878). Kollejda va Parij rasadxonasida oʻqigan. Parij politexnika maktabi direktori (1863 yildan). Shu maktab prof. (1865—67). Ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Aylanuvchi tishli gʻildirak yordamida yorugʻlik tezligini oʻlchash usuli (Fizo usuli)ni ishlab chiqqan (1849), yer sharoitida birinchi marta yorugʻlik tezligini oʻlchagan. Harakatdagi suvda yorugʻlik tezligini oʻlchagan (Fizo tajribasi, 1851). F. tajribasi yoruglikning toʻlqin nazariyasini, tezliklarni qoʻshishning relyativistik formulasini tasdiklashda muhim rol oʻynaydi.

Dopler effektini toʻgʻri talqin etgan (Dopler — Fizo effekti, 1848). Yorugʻlikning interferensiyasini kuzatish usulini (1849) va qattiq jismlarning kengayish koeffitsiyentini oʻlchashning interferension usulini (1852) ishlab chiqqan. Induksion gʻaltak, interferension spektroskop, dilatometr yasagan.