Fiziologik eritmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fiziologik eritmalar - tarkibidagi tuz miqdori osmotik bosimi va boshqa xossalari boʻyicha qon plazmasiga yaqin turadigan suvli eritmalar (0,9% li NaCl, glyukozaning 4,5% li eritmasi, Ringer, Lokk eritmalari va boshqalar). Fiziologik eritmalar, odatda, izotonik eritmalar deb ham yuritiladi. Tarkibi jihatidan qon plazmasiga koʻproq Ringer, Lokk va Tirode eritmalari yaqin, bularda NaCl dan tashqari K.S1, SaS12, NaHCOj, baʼzan MgCl,, fosfatlar va glyukoza boʻladi. Tibbiyotda (davolash maqsadida organizmga yuboriladi) va organizmdan ajratilgan aʼzolarni oʻrganishda (tadqiqot ishlarida) Fiziologik eritmalardan foydalaniladi.