Fizik maydonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fizik maydonlar - materiyaning alohida shakli; cheksiz katta erkinlik darajasiga ega boʻlgan fizikaviy tizimlar. Fizik kattaliklarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi va cheksiz erkinlik darajalari soniga ega boʻladi. Elektromagnit va gravitatsion maydonlar, yadro kuchlari maydoni, turli zarralarga tegishli toʻlqin (kvant) maydonlar Fizik maydonlar qisoblanadi. Maydon tushunchasini birinchi marta 19-asr 30-yillarida M.Faradey elektr va magnit maydonlarga nisbatan ishlatgan. M.Faradeyning elektromagnit maydon toʻgʻrisidagi gʻoyasini 19-asr 60-yillarida J.K.Maksvell rivojlantirgan. Hozirgi zamonaviy elementar zarralar nazariyasida oʻzaro taʼsirlashuvchi kvant Fizik maydonlar (elektronpozitron, foton, mezon) va boshqa maydonlar oʻrganiladi.