Fitofaglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fitofaglar (fito... va phagos — yeb qoʻyuvchi) — faqat oʻsimliklar bilan oziklanadigan organizmlar. F. oʻsimlikning turli qismlari — unayotgan urugʻlar, ildiz, barg , poya, shoxlar, gul organlari va boshqa bilan oziklanadi. F. ning ozuqaga nisbatan ixtisoslashuvi turlicha. Haqiqiy F.ga koʻpgina hasharotlar mansub boʻlib, ular orasida poli va oligofaglar bilan bir qatorda monofaglar ham bor. Fitofagiya — ayniqsa, yuksak hasharotlar: moʻylovdor qoʻngʻizlar, bargxoʻrlar, uzuntumshuq qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar oilasi, chigirtkasimonlar katta oilasi, toʻgʻriqanotlilar turkumi va boshqalarning vakillariga xos. Koʻpgina F. ekinlarga katta zarar yetkazadi.