Firuz Bahor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Firuz Bahor
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Firuz Xojievich Axmedov
19-noyabr 1942-yil (1942-11-19) (81 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi TojikistonOlmoniya bayrogʻi Germaniya
Kasbi bastakor, musiqa oʻqituvchisi
Janr klassik musiqa, kino va teatr musiqasi
Mukofotlari Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1990), Tojikiston Lenin komsomoli mukofoti (1977)

Firuz Bahor (asl ismi va familiyasi Firuz Xojiyevich Axmedov; 1942-yil 19-noyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR) – tojik va sovet kompozitori. SSSR Bastakorlar uyushmasi (1971-yildan) va SSSR Kinematograflar uyushmasi (1976-yildan) aʼzosi. Tojikiston kompozitorlar ittifoqi kotibi (1976)[1]. Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1990). Tojikiston Lenin komsomoli mukofoti laureati (1977).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firuz Xojiyevich Axmedov 1942-yil 19-noyabrda Tojikiston SSRning Dushanbe shahrida opera xonandalari oilasida tugʻilgan[2]. 1963–1966-yillarda Moskvadagi Gnessinlar nomidagi musiqa pedagogika institutining fortepiano boʻlimida tahsil olgan[3]. 1971-yilda esa Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya boʻlimini tamomlagan. 1967–1971-yillarda Toshkentdagi musiqa bilim yurtida dars bergan. 1971-yildan Dushanbe shahrida joylashgan T. G. Shevchenko nomidagi pedagogika instituti oʻqituvchisi boʻlgan.

Firuz Xojiyevich Axmedov 1976-yilda Tojikiston bastakorlar uyushmasi kotibi boʻlgan. 1986–1996-yillarda SSSRda (Moskva, Kiyev, Novosibirsk, Dushanbe) va xorijda (Angliya) qator konsertlar bergan. Italiyada boʻlib oʻtgan sovet kompozitorlarining konsertlarida qatnashgan.

Firuz Xojiyevich Axmedov 1994-yildan beri Germaniyada doimiy yashab keladi. Germaniya fuqaroligini olgan va hali Tojikistonga qaytib kelmagan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firuz Xojiyevich Axmedov bir nechta simfoniyalar, „Marakanda“ simfonik sheʼri, cholgʻu asarlari muallifi hisoblanadi. U fortepiano, kantata va qoʻshiqlar uchun preludiya va fugalar yozgan. Shuningdek, „Ipakga chizmalar“ va boshqa 24 ta preludiya hamda fugalar sikli muallifi ham hisoblanadi. 2008-yilda S.S.Prokofyev nomidagi Xalqaro bastakorlar tanlovida birinchi darajali mukofot bilan taqdirlangan. Dramatik spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar uchun musiqalar yozgan.

  • 1-simfoniya (1971)
  • 2-simfoniya (1976)
  • 3-simfoniya (1980)
  • 4-simfoniya „Buzurg“ (Avitsennaga bagʻishlangan) (1980—1981)

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Музыкальный энциклопедический словарь. Гл. ред. Г.В. Келдыш.М.: Советская энциклопедия. 1990. С.532
  • Тончук П.О. "Рисунки по шелку" Фируза Бахора: восточные влияния в большом полифоническом цикле //Вестник Кемеровского государственного университета культуры и искусств. 2015. № 33-1. С. 143-148.
  • Хасанова Манзура Мухиддиновна. "Творчество композиторов Таджикистана в последнее десятилетие XX века"// Историк (Муаррих), no. 2 (14), 2018, pp. 41-45.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]