Firebase

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Firebase
Qachon asos solingan 13-sentabr, 2010-yil
Mahsulot(lar)i
  • Building
    • Cloud Firestore
    • Firebase ML
    • Cloud Functions
    • Authentication
    • Hosting
    • Cloud Storage
    • Realtime Database
  • Quality
    • Crashlytics
    • Performance Monitoring
    • Test Lab
    • App Distribution
  • Business
    • In-App Messaging
    • Google Analytics
    • Predictions
    • A/B Testing
    • Cloud Messaging
    • Remote Config
    • Dynamic Links
Vebsayti firebase.google.com

Firebase[1] backend bulutli xizmatlarini ilovalarga taklif qiladigan Google tomonidan taqdim qilingan kompaniyadir. Firebase Android, iOS tizimlari, JavaScript, Node.js, Java, Unity, PHP va C++ tillari uchun maʼlumotlar bazasi, real vaqt maʼlumotlar bazasi, autentifikatsiya, ilovalarni integrallash va analitika xizmatlarini taklif qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firebase 2011-yil Envolve korporatsiyasining yuqori eʼtibor qaratilgan James Tamplin va Andrev Leelar boshchilik qilgan startup loyihasi edi. Envolve dasturchilar uchun web sahifada online chat qurish imkonini beruvchi APIni integrallashtirib berdi. Chat xizmatlari ishga tushgandan soʻng Tamplin va Lee ilovalar orqali uzatilayotgan maʼlumotlar chat xabarlari emasligini aniqladilar. Envolveni ishlatayotgan dasturchilar real vaqt rejimida foydalanuvchilarning oʻyin holatlariga oʻxshagan maʼlumotlardan sinxron ravishda foydalanishgan. Tamplin va Lee chat sistemasini va real vaqt arxitekturasini bir-biridan ajratishga qaror qildilar[2]. 2011-yilda ular Firebaseni korporatsiyadan ajratib oldilar va alohida kompaniya sifatida 2012-yilning aprel oyida ishga tushirdilar[3]. Firebasening birinchi mahsuloti real vaqt tizimida ishlaydigan maʼlumotlar bazasi va iOS, Android, Web qurilmalar uchun Firebasening bulutli texnologiyalariga qoʻyiladigan API boʻlgan. Bu mahsulot dasturchilar uchun real vaqtda ishlaydigan ilovalar tayyorlashga yordam berdi.

  1. „Firebase, Inc.“. OpenCorporates (2010-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
  2. Melendez, Steven „Sometimes You're Just One Hop From Something Huge“ (en-US). fastcompany. Fast Company (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2014-yil 11-iyun.
  3. Metz, Cade „Firebase Does for Apps What Dropbox Did for Docs“. Wired (2012-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.