Fiona (Shrek)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fiona
Shrek obrazi
Ilk bora koʻringan Shrek! (1990; kitob)
Shrek (2001)
Soʻnggi bora koʻringan Thriller Night (2011)
Muallif(lar) William Steig
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan
Ovoz bergan(lar) Cameron Diaz (2001—2010)
Umumiy maʼlumotlar
Turi Maxluq
Odam
Jinsi Ayol
Unvoni Malika
Oilasi
  • Qirol Harold (otasi)
  • Qirolicha Lillian (onasi)
Bolalari
  • Felicia (qizi)
  • Fergus (oʻgʻli)
  • Farkle (oʻgʻli)

Fiona[1][2] DreamWorks studiyasi yaratgan Shrek franshizasidagi xayoliy qahramondir. Ushbu personaj birinchi marta Shrek (2001) animatsion filmida paydo boʻlgan. Franshizaning asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. Fiona birinchi filmda goʻzal malika boʻladi. Kechasi esa yashil rangli maxluqqa aylanadi. Biroq, Shrekni sevib qolganidan soʻng, u bilan birga boʻlish uchun oʻz xohishi bilan umrbodga maxluqqa aylanadi. U Shrek 2 (2004) filmida eri boʻlgan Shrekni ota-onasiga tanishtiradi. Shrek the Third (2007) filmida ona boʻladi. Shrek Forever After (2010) filmida esa uni yengilmas jangchi qiyofasida koʻrish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shrek – Cast & Crew“. TV Guide. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2018-yil.
  2. „Shrek 2 (2004)“. British Film Institute. Qaraldi: 22-sentabr 2018-yil.