Filxner shelf muzligi
Qiyofa
Filxner shelf muzligi - Antarktida gʻarbidagi muzlik, Uedell dengiziga tushib boradi. Uzunligi gʻarbdan sharqka 200 km, shim.dan jan. ga 450 km gacha. Chekka qismidagi balandligi 30 m, markaziy va ichki hududlarida 70–120 m, muz kalinligi ham shunga muvofiq tarzda 200 va 450–700 m. 1912-yilda V. Filxner boshchiligidagi nemis Antarktida ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Filxner shelf muzligim.da turli mamlakatlarning ilmiy styalari faoliyat koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |