Filmoteka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filmoteka (film va yun. theke — saqlanadigan joy) — kinofilmlar yigʻish, saqlash, texnik ishlari bilan shugʻullanib, ularni targʻibot qiluvchi muassasa. Aksariyat F.lar fotosuratlar, kitob va jur.lar, ssenariylar, montaj varaqalari, dekoratsiya eskizlari, kostyumlar va boshqalarni saqlaydi. F. kataloglar, maʼlumotnomalar, kursatkichlar, byulleten va mavzuli tuplamlar nashr etadi. F.ning asosiy vazifasi — eski filmlarni tiklash va ularni tartibga solish. Shuningdek, maʼruzalar, konferensiyalar, kino haftaligi utkazib turadi. F. materiallaridan ishlab chiqarish va oʻquv maqsadlarida foydalaniladi.