Fillomeduzalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fillomeduzalar (Phyllomedusa) — baqaqurilloklar oilasi urugʻi. 30 turi maʼlum. Asosan, Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Tanasi 6 sm ga yaqin, odatda, usti yashil, qorni qizil, binafsha va boshqa yorqin tusda. Oyoklaridagi birinchi (bosh) barmogʻi boshqalariga qarshi joylashganligi uchun narsalarni barmoklari bilan qamrab ushlay oladi. Quruqlikda qadamlab yuguradi, suvda yomon suzadi. Barmoklari orasidagi suzgich parda kam rivojlangan yoki boʻlmaydi. Daraxtlarda yashaydi. Qorongʻi tushganda yoki tunda faol. Oʻljasini uzun, yopishqoq tiliga yopishtirib oʻrab oladi. Yopishqoq uvildirigʻini (100 ga yaqin) yanvarda suv ustida osilib turgan barglarga oʻrab yoki ular orasiga qoʻyadi. Uvildiriqdan chiqqan itbaliqlar rivojlanishning keyingi bosqichlari (metamorfoz)ni suvda oʻtkazadi.