Filloksera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Filloksera (Viteus vitifolii) — fillokserasimonlar oilasiga mansub toʻgʻriqanotli hasharot, xavfli tok zararkunandasi. Tashki va ichki karantin obʼyekta. F. tok zangining barg va ildizini, yosh novdalarini zararlaydi. Natijada hosildorlik kamayib, tok tuplari qurib qoladi. Birinchi marta 1854-yilda Shimoliy Amerikada topilgan. 20-asr boshlarida Yevropa tokzorlarida tarqalgan. Uzunligi 08—1,2 mm, tanasi tuxumsimon, sariqyashil. Barg va ildizlarga zarar yetkazadigan shakli tokning Yevropa navlari uchun gʻoyat xavfli. Hozirda F.ning MDH mamlakatlari tokzorlarida fakat ildizlarga zarar yetkazadigan shakli uchraydi.

Kurash choralari: chidamli navlarni ekish, ekiladigan materialni ekspertiza qilish, tuproqqa vaqtvaqti bilan fumiyeantlar bilan ishlov berish, F.ga chidamli payvand qilib yetishtirilgan tok koʻchatlarini ekish.