Fillips egri chizigʻi
Qiyofa
Fillips egri chizigʻi - nominal ish haqi stavkalari oʻzgarishlari surʼati (inflyatsiya) bilan ishsizlik oʻrtasidagi teskari bogʻlanishni ifoda etadi. Bu atama ingliz iqtisodchisi O. U. Fillips tomonidan Buyuk Britaniyada 1861 — 1957-yillar davomidagi ishsizlik va pullik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida 1958-yilda ifodalab berilgan. Bu chiziqqa koʻra, ishsizlik darajasiga qarab, ish haqining kutiladigan oʻzgarishini aniqlash mumkin[1]. Ad:Mayburd Ye. M., Vvedeniye v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Razzoqov A. va boshqa Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |