Filipp Grishchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Filipp Ivanovich Grishchenko (1915.11.1, Pavlovka qishlogʻi, Rossiya Federatsiyasi — 1985.11.1, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Ijodini yogʻoch portretlar yaratish bilan boshlagan ("A. Pushkin", "Mirzo Ulugʻbek", 40-y.lar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozitsiyalar ishlagan ("Hunar bilim yurtining talabasi", yogʻoch, 1950 va boshqalar). Portretlar, maishiy holatlar, mahobatli bezak haykallar va b. yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil