Filip Uremovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filip Uremovich
Uremovich Rubin Kazan bilan 2019- yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 11-fevral 1997-yil (1997-02-11) (27 yosh)
Tavallud joyi Pojega, Xorvatiya
Boʻyi 1.84 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hertha BSC
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Papuk Velika
2013–2015 Cibalia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2016 Cibalia 12 (0)
2016–2018 Dinamo Zagreb II 45 (2)
2018 Olimpija Ljubljana 18 (1)
2018–2022 Rubin Kazan 90 (1)
2022Sheffield United (loan) 3 (0)
2022– Hertha BSC 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016–2018 Croatia U19 5 (1)
2018–2019 Croatia U21 9 (2)
2020– Croatia 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 17-may uchun)

Filip Uremovich (1997-yil 11-fevralda tug'ilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Bundesliganing "Gerta" klubi va Xorvatiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida o'ynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uremovich Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasidagi debyutini 2016-yilning 17-iyulida “Xayduk Split”ga qarshi oʻyinda “Cibalia”da oʻtkazdi[2].

2018-yilning 4-iyunida Uremovich Rossiya Premer-ligasi vakili Qozonning “Rubin” klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[3]. 2022-yil 13-mart kuni Uremovichning “Rubin” bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʻliq FIFAning yangi qoidalariga koʻra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻxtatildi[4]. Ushbu qoidalar Rossiyadagi xorijlik futbolchilarga 2022-yilning 30-iyuniga qadar vaqtincha Rossiyadan tashqaridagi klub bilan shartnomasini toʻxtatib qoʻyishga ruxsat beradi[5]. “Rubin” himoyachisi Filip Uremovich faoliyatini “Gerta”da davom ettiradi. Xorvatiyalik futbolchi Berlin klubiga tekinga o'tadi. "Gerta" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2026-yilgacha mo'ljallangan. “Rubin” joriy mavsumni 15-oʻrinda yakunladi va RPLdan chiqib ketdi. "Gerta" Germaniya chempionatida 16-o'rinni egalladi va "Gamburg" bilan pley-offda (0:1, 2:0) birinchi Bundesligada yashash uchun ruxsatnomani saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.«Sheffild Yunayted» matbuot xizmati «Rubin»ning xorvatiyalik himoyachisi Filip Uremovichning transferi haqida elon qildi. Tomonlar joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashdi. Oldinroq Qozon klubi futbolchi bilan shartnomani to'xtatganini malum qilgandi. Sheffild hozirda Angliyaning ikkinchi eng kuchli chempionati - Chempionshipda o'ynaydi. Jamoa 38 uchrashuvda 61 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda. Qozonning “Rubin” klubi 2021-22- yilgi mavsum oxirida Rossiya Premer-ligasidan tushib ketdi va Uremovich oʻz shartnomasida quyi ligaga tushib qolgan taqdirda erkin agent boʻlish imkonini beruvchi bandni faollashtirdi.[6] Keyin Germaniyaning Herta BSC klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.[7]

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uremovich Xorvatiya terma jamoasidagi debyutini 2020-yil 8-sentabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Fransiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U o'yinni boshladi va safarda 4:2 hisobidagi mag'lubiyatning dastlabki 57 daqiqasini o'ynadi.[8]

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya Lyublyana
  • Sloveniya PrvaLiga : 2017–18
  • Futbol boʻyicha Sloveniya kubogi : 2017–18

Ma'nbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]