Filchalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Filchalar (Curculionidae) — qoʻngʻizlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Boshining oldingi qismi naysimon choʻziq boʻlib, xartumni eslatadi. "Xartum"i uchida kemiruvchi ogʻiz organlari va moʻylovlar boʻladi. Kurtlari S shaklida, oqish rangli va oyoqsiz, tuprokda va oʻsimlik toʻqimalarida rivojlanadi. 45000 dan ziyod turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1000 ga yaqin turi uchraydi. F.ning shakli va rangi har xil. Uz. 3–60 mm. Oʻsimlikxoʻr. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligi ekinlariga va omborlarda saqlanadigan oziq mahsulotlariga ziyon yetkazadi. Fitonomuslar, ombor uzuntumshugʻi (mita), sholi filchasi ayniqsa keng tarqalgan.