Filateliya
Jump to navigation
Jump to search
Filateliya (frans. philatelie, yun. Phileo — sevaman va ateleia — toʻlovdan ozod qilish) — aloqa toʻlovi belgilari (markalar, etiketkalar, shtempellar va boshqalar), shu belgilar tushirilgan xatjildlar va otkritkalarni oʻrganish va toʻplash bilan shugʻullanish. 19-asr 40-yillari oxirida vujudga kelgan. "F." terminini fransuz marka toʻplovchisi G.Erapen 1864 yil kiritgan. 19-asr 60-yillaridan boshlab F.ga doir kataloglar, jur.lar nashr qilinadi, 70-yillaridan boshlab F. ishqibozlari jamiyatlari tuzila boshladi. F. ashyolari 3 yoʻnalishda: tarixiy, mavzuviy va xronologik yoʻnalishlarda toʻplanadi va oʻrganiladi. OʻzR da filatelistlar jamiyat 2003 yilda tashkil qilingan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |