Fikomitsetlar
Qiyofa
Fikomitsetlar (Phycomicetes) — tuban zamburugʻlar sinfi. Koʻp yadroli, bir hujayrali yaxshi rivojlangan mitseliyga ega. 800 turi bor. Gametalar yordamida jinsiy, sporalar yordamida jinssiz koʻpayadi. F. omitsetlar va zigomitsetlar sinflari (oldingi sistemada kenja sinflari)ga boʻlinadi. Koʻpchilik F.ning tana tuzilishi va koʻpayish organlari yashil suvoʻtlarga oʻxshab ketadi. Bu oʻxshashlik faqat tashqi koʻrinishda namoyon boʻladi. F.ning ajdodlari arximitsetsimonlardir. Baʼzi mikologlar arximitsetsimonlarni F. bilan bir sinfga birlashtirishadi. F.ning koʻp turlari saprofit, suvda yashaydi; yuksak tuzilganlari esa tuproq yuzida yashashga moslashgan, baʼzi turlari oʻsimlik, hayvon va odamlarda parazitlik qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |