Fibrin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fibrin (lot. fi bra — tola) — erimaydigan oqsil; qon ivishi jarayonida fibrinogensan hosil boʻladi. F. silliq yoki koʻndalang chiziqli tolalar shaklida boʻladi; F. tolalari polimerlanib, qon oqishini toʻxtatadigan tromb asosini hosil qiladi. F. hosil boʻlishi 3 bosqichdan iborat: 1) fibrinogendan trombin taʼsirida ikkita A va B peptidi ajralib, disulfid bogʻlari bilan bogʻlangan ikkita subbirlikdan iborat fibrinmonomer hosil boʻladi; 2) fibrinmonomer fibrinagregatga (quyqaga) aylanadi; 3) fibrinagregat fibrinoligaza fermenti taʼsirida fibrinpolimerga aylanadi. Qon tomirlar shikastlanganda F. qalin toʻr hosil qilib, qonni toʻxtatadi. Tozalanib quritilgan qon quyqasidan F. olinadi. F.dan qon oqishini toʻxtatuvchi vositalar tayyorlanadi.