Fibonacci
Fibonacci (talaffuzi: Fibonachchi; Leonardo Pisano oʻlaroq ham maʼlum) (tax. 1170 — tax. 1240–50[1]) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, arab matematikasi yutuqlari bilan tanishib, ularning Gʻarbda tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonacci sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va „Amaliy geometriya“ nomli asar (1220) yozgan. Fibonaccining bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida maʼlumot beruvchi birinchi asardir[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ MacTutor, R. „Leonardo Pisano Fibonacci“. www-history.mcs.st-and.ac.uk. Qaraldi: 22-dekabr 2018-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |