Ferro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ferro, Iyerro — Atlantika okeanidagi orol, Kanar o.lari guruhida. Ispaniya hududi. Maydoni 275 km². Eng baland joyi 1501 m. Iqlimi tropik quruq iklim. Issiq buloklar bor. Endemik oʻsimlik turlariga boy. Aholi dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Echki va qoʻy, qoramol boqiladi. Bosh shahri — Valverde. 1884-yilgacha bir qancha mamlakatlarda F. (taxminan 18° gʻ.u.) orqali oʻtkazilgan meridian boshlangʻich meridian sifatida qabul qilingan edi.