Fernando Hidalgo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fernando Hidalgo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fernando Roberto Hidalgo Maldonado
Tavallud sanasi 20-may 1985-yil (1985-05-20) (38 yosh)
Tavallud joyi Quito Ekvador
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cumbayá F.C.
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999−2002 ESPOLI[1]
2002−2005 Deportivo Quito
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Tungurahua 15 (4)
2006—2007 Deportivo Quito 79 (4)
2008—2010 Barcelona 101 (3)
2011—2017 L.D.U. Quito 243 (9)
2018 Aucas 33 (0)
2019 Quiteños FC 9 (1)
2019—2020 Atlético Porteño 16 (1)
2020— Cumbayá 16 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2010 Ekvador 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-noyabr uchun)

Fernando Roberto Hidalgo Maldonado (1985-yil 20-mayda Ekvadorda tavallud topgan) ekvadorlik futbolchi, „Cumbaya“ klubida yarim himoyachi hisoblanadi. U futbol boʻyicha Ekvador terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „Deportivo Quito“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yilda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Ekvador Primer ligasida debyut qilgan. Ikki mavsum oʻynagach, Fernando Guayaquildan „Barcelona“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2008-yil 15-sentyabrda „Emelek“ga qarshi bahsda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado yangi jamoasi safida ilk golini urdi[2]. 2011-yilda Fernando „LDU Quito“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 30-yanvar kuni „Olmedo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Fernando Roberto yangi jamoasi safida debyut qildi[3]. Oʻsha yili Fernando jamoaning Copa Sudamericana turniri finaliga chiqishi uchun yordam berdi. 2012-yilning 12-fevralida „Olmedo“ klubiga qarshi bahsda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „LDU Quito“ futbol klubi safida ilk golini urdi[4]. 2015-yilda Fernando „LDU Quito“ futbol klubiga chempionatda ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2016-yil 11-mart kuni Libertadores kubogi doirasida meksikaning „Toluca“ futbol klubi bilan oʻyinda Fernando Roberto raqib jamoa darvozasiga gol urdi[5].

2018-yil boshida Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „Aucas“ jamosiga koʻchib oʻtdi. 19-fevral kuni „Delfin“ ga qarshi oʻyinda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado yangi klubi „Aucas“ jamoasi safida debyut qildi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Ekvador terma jamoasida debyut qildi. Fernando Ekvador terma jamoasining 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham ishtirok etgan. 2008-yilning noyabr oyida Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Tungurahua S. C. Ekvador bayrogʻi Ekvador 2005 15 4
Deportivo Quito 2006—2007 79 4
Barcelona S. C. 2008—2010 101 3
Liga de Quito 2011—2017 243 9
Aucas 2018 6 0
Quiteños F. C. 2019 9 1
Atlético Porteño 2019 17 1
Cumbayá F. C. 2020—hozirgacha 41 12
Umumiy karyerasida 511 34

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Profile at EcuaFutbol (Wayback Machine saytida 6-yanvar 2018-yil sanasida arxivlangan), ecuafutbol.org
  2. „Эмелек VS. Барселона Гуаякиль 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (15-sentabr 2008-yil).
  3. „Ольмедо VS. ЛДУ Кито 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (30-yanvar 2011-yil).
  4. „ЛДУ Кито VS. Ольмедо 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-fevral 2012-yil).
  5. „ЛДУ Кито VS. Толука 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (11-mart 2016-yil).
  6. „Аукас VS. Дельфин 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (19-fevral 2018-yil).