Ferma prinsipi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ferma prinsipi - geometrik optikannng asosiy prinsipi. Unga koʻra, yorugʻlik nuri fazodagi ikki nuqta orasida shunday yoʻl boʻyicha tarqaladiki, yorugʻlik bu yoʻlni oʻtishi uchun shu nuqtalarni tutashtiruvchi boshqa yoʻllarga nisbatan yoki eng kam, yoki eng koʻp, yoxud bir xil vaqt sarf qiladi. Ferma prinsipidan geometrik optikaning asosiy qonunlari: yorugʻlikning toʻgʻri chiziq boʻylab tarqalish qonuni, qaytish qonuni va sinish qonuni kelib chiqadi. Ferma prinsipini 1660 yilda P. Ferma taʼriflagan. Difraksiya hodisasini qisobga olish kerak boʻlgan hamma hollarda Ferma prinsipini qoʻllab boʻlmaydi.