Ferma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ferma – xususiy qishloq xoʻjaligi korxonasi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ferma oʻz mulkida yoki ijaraga olingan yerda xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan fermerga tegishli boʻladi. Sobiq Ittifoqda chorvachilik maqsulotlari ishlab chiqarish va chorva mollarini oʻstirish bn shugʻullanadigan qishloq xoʻjaligi korxonasi yeki uning boʻlinmasi ferma deb atalgan. Ixtisoslashishiga qarab, ferma qoramolchilik, qoʻychilik, choʻchqachilik, parrandachilik va boshqa yoʻnalishlarda tashkil etiladi. Chorvachilik fermalari naslchilik va tovar fermalariga boʻlinadi, ularning miqyosi chorva mollari bosh soni va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi. Fermalar yemxashak ekinlarini ekish, mollarni yaylovda boqish sharoiti, suv resurslari, yoʻllarning joylashishi, aholi yashash joylarining uzoqyaqinligi, veterinariyasanitariya va boshqa omillar mavjudligiga qarab tashkil etiladi.