Feofan Grek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Feofan grek (taxminan 1340 — 1405 yil dan keyin) — rus rassomi, miniatyura va monumental sanʼat ustasi; ikona sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynagan hamda oʻziga xos maktab yaratgan. F.G. asarlariga koʻtarinki ruh, obrazlariga emotsional dramatik talqin, dinamik kompozitsiya, aniq chizma, qatʼiy kolorit, nafis dadil tasvirlar xos. Asosan, Vizantiya va Qad. Rusda ishlagan, Konstantinopol, Feodosiya, Novgorod, Nijniy Novgorod, Moskvada 40 ga yaqin cherkovlarni freska, ikona, miniatyuralar bilan bezagan. Moskva Kremlidagi Blagoveshchensk ibodatxonasiga Andrey Rublev bilan ikonalar ("Spas", "Havoriy Pavel", "Buyuk Vasiliy" va boshqalar) yaratgan; Moskvada ustaxona ochgan, "Donlik Bibi Maryam" ikonasi shu yerda yaratilgan deb taxmin qilinadi (1380 yoki 1392). F.G. ijodi juda kup rus rassomlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan.