Fenolyatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fenolyatlar — fenol molekulasining gidroksil guruhidagi vodorod atomi metall atomiga almashingan mahsulotlar. Umumiy formulasi (RO)n Me (bu yerda R — aril radikali, pmetallning oksidlanish darajasi). Ishqoriy va ishqoriyer metallarning hosilalari ion bogʻlanishli birikmalar boʻlib, gidrolizga uchramasdan suvda eriydi, organik erituvchilarda erimaydi, uchmaydi. F. suv, fenol va ishqoriyer metallar gidroksidlari bilan adduktlar hosil qiladi. Koʻp valentli metallarning F.i kimyoviy xossalariga koʻra tegishli alkogolyatorlarga juda yaqin turadi. Koʻp atomli fenollarning F.i yoki nitro, amino va boshqa aralash funksiyali fenollarning F.i ichki kompleks birikmalardir. F. fenollarga gidroksidlar (reaksiya suvli eritmada olib boriladi) yoki metall galogenidlar, alkogolyatlar, karboksilatlar, sulfidlar taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi (suvsiz muhitda). Aromatik oksikislotalar ishlab chiqarishda, polimerlanish katalizatorlari sifatida, organik sintezlarda qoʻllanadi.