Fenolformaldegid smolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fenolformaldegid smolalar — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Boshlangʻich moddalar miqsorining nisbati va muhitning rN iga (qarang Vodorod koʻrsatgich) qarab reaksiya natijasida faqat qoʻshimcha kimyoviy reagentlar ishtirokida qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar ishtirokisiz qotadigan Fenolformaldegid smolalars. (rezollar) hosil boʻlishi mumkin. Fenolformaldegid smolalars. issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha boʻlib, quyosh nuri taʼsirida yoki ishlab chiqarish jarayonida toʻqjigarrang yoki hatto qora rangga oʻtadi. Fenolformaldegid smolalars. fenoplastlar, yelimlar va loklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.