Feng Renliang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feng Renliang
冯仁亮
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Feng Renliang
Tavallud sanasi 12-may 1988-yil (1988-05-12) (35 yosh)
Tavallud joyi Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10.1 in)
Ampluasi Right winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Renhe
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2008 Tianjin Huochetou
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Tianjin Huochetou 17 (7)
2010—2012 Shanghai Shenhua 78 (10)
2013—2015 Guangzhou Evergrande 12 (1)
2014Changchun Yatai (Ijara) 8 (0)
2015Guizhou Renhe (Ijara) 25 (6)
2016- Beijing Renhe 34 (4)
Milliy terma jamoa
2010—2012 China 16 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2019-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (31-oktabr 2015-yil uchun)

Feng Renliang (1988-yil 12-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhe jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feng Renliang oʻz futbolchilik faoliyatini 2008-yilda uchinchi toifadagi „Tyanjin Huochetou“ jamoasida oʻynashdan boshlagan. U 2010-yilgi liga mavsumi boshida jamoadoshi Song Boxuan bilan yuqori divizion vakili „Shanhai Shenhua“ga qoʻshilishdan oldin bir nechta Xitoy klublari tomonidan qiziqish bildirilgan[1]. Feng darhol oʻsha paytdagi murabbiy Miroslav Blaževich tomonidan jamoaning birinchi oʻng qanot himoyachisi sifatida tanlangan va u 2010-yil 23-martda Changsha Gindega qarshi liga oʻyinida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan[2]. Ushbu magʻlubiyatga qaramay, u jamoadagi oʻz oʻrnini saqlab qolgan va bir necha hafta oʻtgach, 2010-yil 10-aprelda „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini kiritgan[3].

2012-yilning 20-noyabrida Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrand rasman Feng bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[4]. U klubdagi debyutini 2013-yilning 8-martida „Shanhai Shenxin“ga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2014-yil 8-mart kuni Henan Jianyega qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. 2014-yil 16-iyun kuni Feng 2014-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Changchun Yatai jamoasiga qoʻshilgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 20-iyulida „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazganaa. 2015-yilning 28-fevralida Feng 2015-yilgi mavsum uchun Guizhou Renhega ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 7-martida Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan.

2015-yilning noyabrida Feng Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega oʻtgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feng Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilning 11-avgustida Bahraynga qarshi oʻyinda (1:1) debyut qilgan[5]. Feng 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun dastlabki tarkibga chaqirilgan va unga jamoadan joy kafolatlanmagan boʻlsa-da, u Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi uchun saralash bosqichida oʻynashi kutilgan[6]. 2010-yil 24-dekabrda Xitoy futbol assotsiatsiyasi Tianjin Lokomotiv va Shanhai Shenhua klublarini bu haqda bilganliklari uchun jarimaga tortgan va Fengni uchta oʻyinga chetlashtirgan, bu esa 2011-yilgi Osiyo Kubogidan chetlatilishini anglatgan[7]. Feng terma jamoadagi ilk golini 2012-yilning 8-iyunida Vetnamga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tianjin Huochetou 2008 Xitoy Ikkinchi Ligasi 17 7 - - - 17 7
2009 0 0 - - - 0 0
Jami 17 7 0 0 0 0 0 0 17 7
Shanghai Shenhua 2010 Xitoy Super Ligasi 29 5 - - - 29 5
2011 24 1 2 0 6 0 - 32 1
2012 23 4 1 0 - - 24 3
Jami 76 10 3 0 6 0 0 0 85 10
Guangzhou Evergrande 2013 Xitoy Super Ligasi 10 0 0 0 1 0 1 0 12 0
2014 2 1 0 0 1 0 0 0 3 1
Jami 12 1 0 0 2 0 1 0 15 1
Changchun Yatai (Ijara) 2014 Xitoy Super Ligasi 8 0 0 0 - - 8 0
Guizhou Renhe (Ijara) 2015 25 6 1 1 - - 26 7
Beijing Renhe 2016 Xitoy Birinchi Ligasi 20 4 2 0 - - 22 4
2017 6 0 1 0 - - 7 0
2018 Xitoy Super Ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2019 8 0 1 0 - - 9 0
Jami 34 4 4 0 0 0 0 0 38 4
Karyerada jami 172 28 8 1 8 0 1 0 189 29

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 8.06.2012 Wuhan, Xitoy  Vyetnam 2 — 0 3-0 Oʻrtoqlik

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guanzhou Evergrand

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „冯仁亮签约申花 高兴里带着委屈“. Tianjinwe.com. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2010-yil.
  2. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 14-iyun 2010-yil.
  3. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 14-iyun 2010-yil.
  4. „冯仁亮正式加盟广州恒大足球俱乐部“. Guangzhou Evergrande official website (20-noyabr 2012-yil). 29-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  5. „China PR 1-1 Bahrain“. Teamchina.freehostia.com. Qaraldi: 26-sentabr 2010-yil.
  6. „足协调查冯仁亮"年龄门" 申花高层:确实改过年龄“. Sports.163.com (22-dekabr 2010-yil). 2010-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2011-yil.
  7. „冯仁亮年龄门处罚公布:停赛三场 申花罚款2万“. Ifeng.com (25-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 14-aprel 2011-yil.