Femke Hermans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Femke Hermans
Statistikasi
Vazni
Millati Belgiyalik
Uslubi Orthodox

Femke Hermans — Belgiyalik professional ayol bokschi. U 2018-yilda ayollar ikkincha oʻrta vazn toifasida WBO chempionlik unvoniga ega bo‘lib, yirik jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ikkinchi belgiyalik ayol bo‘lgan, shuningdek, 2018-yilda WBA ikkincha oʻrta vazn toifasida va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi ayollar unvonlari uchun kurash olib borgan.

Professional sifatida faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hermans oʻzining professional debyutini 2016-yil 23-yanvarda Belgiyaning Asse shahrida boʻlib oʻtgan Galina Gyumliyskaga qarshi olti raundlik yakdil qaror (UD) bilan gʻoliblikka erishgan[1].

Iyun oyida Vladislava Lopuxovaga qarshi texnik nokaut (TKO) gʻalabasidan soʻng[2], Hermans 8-oktyabr kuni Elene Sikmashvilini ikkinchi raundda nokaut (KO) orqali magʻlub etib, Belgiyaning Middelkerke shahrida ikkinchi oʻrta vazn toifasida ayollar chempioni unvonini qoʻlga kiritgan[3].

Oʻzining navbatdagi jangida Hermans 2017-yil 21-yanvar kuni Sportloods Waarborre stadionida WBF xalqaro ayollar ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun Borislava Goranova bilan kurashgan. Hermans sakkiz raundlik UD orqali chempionlikni qoʻlga kiritgan[4].

Ikki jangdan soʻng Hermans oʻzining birinchi jahon chempioni unvoniga daʼvogarlik qildi va 2018-yil 3-mart kuni Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Barclays Centerda WBA ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi ayollar chempioni Alisiya Napoleonga qarshi chiqqan. Jang Showtime telekanalida jonli efirda namoyish etilgan. Hermans oʻz faoliyatidagi birinchi magʻlubiyatga uchrab, hakamlarning 99-91, 98-92 va 98-92 koʻrsatkichlari bilan UD orqali magʻlub boʻlgan[5].

2021-yil mart oyida Hermans o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi bo‘yicha ayollar chempioni Savanna Marshallga raqiblik qilishi eʼlon qilindi. Jang 10-aprel kuni Angliyada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi[6], ammo jangdan ikki kun oldin uning jamoa aʼzolaridan birida COVID-19 testi ijobiy chiqqani uchun Hermans musobaqani tark etishga majbur boʻlgani eʼlon qilingan[7].

Professional boks rekordi[tahrir | manbasini tahrirlash]

No. Natija Rekord Raqib Tur Raund, vaqt Sana Manzil
16 Magʻlub 12-4 Savannah Marshall KO 3 (10), 2:59 2-aprel 2022 Vertu Motors Arena, Newcastle, Angliya
15 Gʻolib 12-3 Lili Jumali KO 3 (6), 1:15 17-iyul 2021 Stade du Heysel stadioni, Brussels, Belgiya
14 Gʻolib 11-3 Luiza Davydova UD 10 5-dekabr 2020 Fight Off Training Center, Wavre, Belgiya
13 Gʻolib 10-3 Borislava Goranova TKO 3 (6), 1:50 9 Oct 2020 Roosdaal, Belgiya
12 Magʻlub 9-3 Elin Cederroos MD 10 22-mart 2019 Belleheide Center markazi, Roosdaal, Belgiya
11 Magʻlub 9-2 Claressa Shields UD 10 8-dekabr 2018 StubHub Center markazi, Kaliforniya, AQSh
10 Gʻolib 9-1 Ester Konecna UD 6 15-sentyabr 2018 Evenementenhal DOC, Alsemberg, Belgiya
9 Gʻolib 8-1 Florence Muthoni UD 6 29-iyun 2018 Belleheide Center markazi, Roosdaal, Belgiya
8 Gʻolib 7-1 Nikki Adler UD 10 12-May 2018 Eisstadion stadioni, Augsburg, Germaniya
7 Magʻlub 6-1 Alicia Napoleon UD 10 3-Mart 2018 Barclays Center markazi, New York, AQSh
6 Gʻolib 6-0 Ester Konecna UD 6 30-sentyabr 2017 Sportcomplex Schotte sport majmuasi, Aalst, Belgiya
5 Gʻolib 5-0 Klaudia Vigh TKO 2 (6) 17-iyun 2017 Sporthal Tempelhof, Bruges, Belgiya
4 Gʻolib 4-0 Borislava Goranova UD 10 21-yanvar 2017 Asse, Belgiya
3 Gʻolib 3-0 Elene Sikmashvili KO 2 (10) 8-oktyabr 2016 Middelkerke, Belgiya
2 Gʻolib 2-0 Vladislava Lopuhova TKO 1 (6) 25-iyun 2016 Ninove, Belgiya
1 Gʻolib 1-0 Galina Gyumliyska UD 6 23-yanvar 2016 Sportloods Waarborre, Asse, Belgiya

KO-nokaut

TKO-texnik nokaut

UD-yakdil qaror

MD-hakamlar qarori

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BoxRec: Femke Hermans vs. Galina Gyumliyska“. BoxRec. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  2. „BoxRec: Femke Hermans vs. Vladislava Lopuhova“. BoxRec. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  3. Van der Gracht. „Femke Hermans (Steenhuffel) Belgisch kampioen -75 kg“ (nl). www.ringtv.be (2016-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  4. „Femke Hermans Shuts Out Goranova, Wins WBF International Title“ (en-US). Real Combat Media (2017-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  5. Songalia. „WATCH: Alicia Napoleon after winning first world title on Wilder-Ortiz card“. The Ring (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  6. „Savannah Marshall defends her WBO middleweight title against Femke Hermans on April 10, live on Sky Sports“ (en). Sky Sports (2021-yil 18-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  7. Happe. „Savannah Marshall gets new opponent on Conor Benn vs. Samuel Vargas undercard | DAZN News Argentina“ (en). DAZN (2021-yil 8-aprel). Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.