Felzit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Felzit (nem. Felsit) — nordon effuziv jinslarning mayda donador massasi bulib, kaliyli dala shpati (ortoklaz) va kvars, baʼzan nordon plagioklaz hamda toʻq rangli minerallar (piroksen, biotit va boshqalar)dan tarkib topgan. Kimyoviy tarkibi boʻyicha F. datsitdan (SiO2 massasi boʻyicha 68%) riolitgacha (72—75%) oʻzgarib turadi. Zichligi 2,2—2,4 g/sm3. Diagenez va boshlangʻich metamorfizm jarayonida vulkan shishasining qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Paleotip jinslar (kvarsli porfir, keratofir, ortofir) uchun xosdir. Baʼzan "F". termini togʻ jinslari nomida uchraydi (mas, felzodatsit, felzofir). F. yuqori sifatli kislotabardosh material sifatida ishlatiladi. Konlari Shimoliy Kavkaz, Zakarpatye, Vengriya, Germaniya va boshqalarda mavjud.