Federico Dionisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Federico Dionisi
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 16-iyun 1987-yil (1987-06-16) (36 yosh)
Tavallud joyi Lazio, Italiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ascoli
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2003 Monterotondo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Monterotondo 42 (17)
2006—2007 Cisco Roma 10 (0)
2007—2009 Celano 74 (28)
2009—2014 Livorno 111 (36)
2010—Salernitana (ijara) 18 (10)
2013—2014Olhanense (ijara) 24 (8)
2014—2021 Frosinone 192 (62)
2021— Ascoli 36 (13)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 21-dekabr uchun)

Federico Dionisi (talaffuzi:  Federiko Dionizi) (1987-yil 16-iyunda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Frederico Dionisi hozirgi kunda B seriya vakili „Ascoli“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frederico Dionisi oʻz faoliyatini „Monterotondo“ noprofessional jamoasida boshlagan. Frederico Dionisi shuningdek, „Messina“ klubining yoshlar jamoasida ham 1 mavsum oʻtkazgan. Frederico Dionisi Italiyaning Lazio shahrida tugʻilgan. Frederico Dionisi Lazio shahridan Italiyaning poytaxti boʻlgan Rimga C2 seriyasining vakili „Cisco Roma“ klubida oʻynash uchun koʻchib oʻtdi. 2007-yil yanvar oyida Frederico Dionisi „Celano“ klubida oʻyin faoliyatini davom ettirish uchun Abruzzo shahriga koʻchib oʻtdi. Frederico Dionisi oʻzining birinchi professional mavsumida ligada 15 ta oʻyin oʻtkazdi.

Livorno[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 2-yanvarda Frederico Dionisi „Celano“ va „Monterotondo“ klublari bilan yaxshi oʻyin koʻrsatganidan soʻng „Livorno“ klubiga qoʻshilishga rozi boʻldi[1]. Frederico Dionisi „Livorno“ klubi tomonidan 2-iyul kuni klubning boshqa yangi oʻyinchilari Francesco Di Bella va Cristian Raimondi bilan birga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Frederico Dionisi „Livorno“ klubi bilan birinchi rasmiy golini 14-avgust kuni Italiya kubogi doirasidagi „Torino“ klubi bilan bo'lgan o'yinda raqib darvozasiga kiritdi. Uchrashuvda „Livorno“ klubi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Frederico Dionisi 2013-yil sentyabrida „Olhanense“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi[2].

Frosinone[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frederico Dionisi 2014-yilning 28-iyul kuni „Frosinone“ klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi[3]. Frederico Dionisi „Frosinone“ klubiga 2015—2016-yilgi mavsumda A Seriyaga chiqishga yordam berdi. Frederico Dionisi A Seriyadagi ilk golini 2015-yilning 28-sentyabrida „Empoli“ klubiga qarshi oʻyinning 58-daqiqasida kiritgan. Bu oʻyinning 71-daqiqasida Frederico Dionisi oʻzining ikkinchi golini ham kiritdi (2:0 hisob).

Ascoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 24-yanvarda Frederico Dionisi B Seriya jamoasi „Ascoli“ klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dionisi in amaranto, January 2, 2009
  2. „Olhanense garante reforços Dionisi e Murillo Mendes“. Diario Noticias (2013-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 13-sentyabr.
  3. „FEDERICO DIONISI AL FROSINONE IN SERIE B, HA FIRMATO UN CONTRATTO TRIENNALE“. rietilife.it/ (2014-yil 28-iyul).
  4. „Calciomercato - colpo Ascoli: triennale per Federico Dionisi.“. www.ascolicalcio1898.it (2021-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.