Fazilat Saydaliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fazilat Sharipovna Saydaliyeva (1917.2.9, Olmaota) — kashtadoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). "Oʻzbekiston rassomi" artelida nusxa koʻchiruvchi (30-yillar), "Oʻzpromsovet"ga qarashli tajriba laboratoriyasida kashtachirassom (1945—48). S. tasviriy sanʼatning rang-tasvir, grafika, teatr dekoratsiyasi janrlarida ijod qildi, ayniqsa, badiiy kashtachilik rivojiga salmokli hissa qoʻshdi; u tikkan palak, doʻppi, namoyonlarida kashtadoʻzning oʻziga xos uslubi koʻzga tashlanadi. "Alisher Navoiy" (1945) portreti chevarga katta shuhrat keltirdi; "Oybek", "S. Ayniy", "Gʻ. Gʻulom", "S. Eshontoʻrayeva" — hammasi 50y.lar; "Bobur" (1974), "Avtoportret" (1985) kabi portretlar bilan bir katorda mavzuli namoyonlar ("Oʻzbekiston boyligi", 1958 va boshqalar) ham yaratdi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil