Ahmad Fayziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fayziyev Ahmaddan yoʻnaltirildi)

Ahmad Fayziyev (1910.10.5, Qoʻqon — 1993.8.1, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1940). 1925—30 yillar Qorakoʻl tuman bolalar uyida murabbiy va havaskorlik truppasining badiiy rahbari. 1930-yildan Buxoro viloyat musikali drama va komediya teatri aktyori. F. asosan, komik va hajviy rollar ustasi sifatida tanilgan: Tabib (Gʻ. Zafariy, "Halima"), Xolmat (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Madazim (Komil Yashin, "Tormor"), Sokov (M. Urdibodu, "Besh soʻmlik kelin"), Tersak (Komil Yashin, T. Jalilov, "Ravshan va Zulxumor"), Majididdin (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Poloniy (U. Shekspir, "Hamlet"), Goʻdalak (S. Xoʻjaniyozov, "Suymaganga suykanma"), Moʻmin (E. Vohidov, "Oltin devor"), Podkolyosin (N. Gogol, "Uylanish") va boshqa F. oʻtkir xarakterli aktyor boʻlib, uning ijodi anʼanaviy xalq teatri namunalari, qiziqchilik sanʼati zamonaviy komedik rollar bilan uygʻunlashgan holda olib borilishi bilan ajralib turadi.