Faxriylar holvasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Faxriylar holvasi
Turi Unli holva
Milliy oshxona Usmonli oshxonasi
Kelib chiqishi Turkiya, Edirne
Asosiy komponentlari Un, sariyog‘, shakar, bodom, sut

Faxriylar holvasi — Frakiya mintaqasidan kelib chiqqan undan tayyorlanuvchi holva. Usmonlilar oshxonasida XVI-XVII asrlarda tayyorlanganligini koʻrsatuvchi hujjatlar mavjud[1]. Askarlar Edirnada holva bilan joʻnatilgan, qaytib kelganlarida holva bilan kutib olingani uchun bu shirinlik faxriy holva deb atalgan[2][3]. Uning asosiy tarkibiy qismlari un, sariyogʻ, bodom, sut va donador shakar. Sut va shakar aralashtiriladi va isitiladi. Tovada sariyogʻ eritilib, un bodom bilan qovuriladi. Sut qovurilgan un va bodom bir hil konsistensiya hosil qilguncha aralashtiriladi. Aralashma biroz suvigandan soʻng holva bezatiladi va dasturxonga tortiladi. Bezatish uchun tozalangan bodom ishlatiladi. Faxriylar holvasi retsepti Ali Eşref Dedaning „Oziq-ovqat risolasida“ koʻrsatib oʻtilgan[4]. Shuningdek, „Melceü't-Tabbahiy“da taʼriflar uchraydi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „GAZİLER HELVASI tarifi - lezzetler.com“. lezzetler.com. 18 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 nisan 2021.
  2. „Gaziler helvası tarifi“ (Türkçe). www.hurriyet.com.tr. 18 ekim 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 nisan 2021.
  3. „Edirne'ye özgü ağız sulandıran 14 lezzet“ (Türkçe). CNN Türk. 18 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 nisan 2021.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 11 temmuz 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2021.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 3 kasım 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 mayıs 2022.