Faxriddin Muborakshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Faxriddin muborakshoh - Mapvarrudiy (12-asrning2yarmi — 13-asr boshlari) — tarixchi olim. Faxr Mudir nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Amin Ahmad Roziyning "Haft iqlim" nomli asaridagi maʼlumotlarga qaraganda, F.M. va otasi gʻuriyyaardan Gʻiyosiddin Muxammad (1163—1203) va Gʻiyosiddin Mahmud (1206—12) saroylarida xizmat qilgan va oʻz zamonasining keng maʼlumotli kishilaridan hisoblangan. F.M. 1206 yil mashhur "Tarixi Muborakshoh" asarini yozgan. Bu asarni 30 yil davomida yozgan va Gʻiyosiddin Mahmudga sovgʻa qilgan. Asar 136 qismdan iborat. Arabiston, Yaman, Shim.Gʻarbiy Hindiston, Afgʻonistonda qad. davrdan 13-asrning boshigacha hukmronlik qilgan 136 sulola shajarasining qisqacha tarixi bayon etilgan. Markaziy va Oʻrta Osiyodagi turkiy qabilalarning xoʻjalik faoliyati, turmushi, odatlari va tili toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar keltirilgan. Asarning yagona qoʻlyozma nusxasi Angliya (Bodleyan kugubxonasi)da saqlanmoqda. Uning gʻuriylar va turkiy xalqlar tarixiga oid qismi mashhur ingliz sharqshunosi Ye. Denison Ross tomonidan 1927 yil nashr qilingan.