Fathxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fathxon (1778-1818) - afgʻon xoni, barakzoylar qabilasi sardori. Mahmudning Afgʻoniston shoqi boʻlishiga 2-marta (1801 va 1809 yillarda) yordamlashgan. Mahmud davrida (1801 — 03, 180918) vazir sifatida katta mavqega ega boʻlgan. Fathxon davlatni markazlashtirish siyosatini yurgizgan, barakzoy zodagonlarining taʼsirini mustahkamlashga intilgan. Mahmudshohning oʻgʻli Komron Fathxonning taʼsiri kuchayib ketishidan xavfsirab, shuningdek, otasining barakzoy zodagonlaridan noroziligidan foydalanib Fathxonni qoʻlga olib, koʻziga mil tortgan va zindonband qilgan. Keyinchalik shohning buyrugʻi bilan Fathxon qatl etilgan.