Fassiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fassiyalar (lot. fascia — bogʻlov) — har bir muskulni oʻrab turadigan biriktiruvchi toʻqimadan iborat parda. Odam va hayvonlarning aʼzolari, nerv, qon tomirlarini oʻrab, muskullar uchun fassial gʻilof hosil qiladi. Tayanch va trofik vazifalarni bajaradi. F. bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib, har qaysi muskulning alohida qisqarishini taʼminlaydi. F., odatda, qavatmaqavat muskullarni oʻrab turadi. Shu bois ular joylashgan oʻrniga qarab chuqur, oʻrta va yuza yoki teri osti F.iga ajratiladi. Yuza yoki teri osti F. teri osti yogʻ qavatida joylashib, odamlarda qoʻloyoq kaft terisining ostida, boshning sochli qismida aponevrozlar hosil qiladi. F. qon tomirlari va nervlarga boy. F. tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega.