Fassiolyoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fassiolyoz — odam va hayvonlarning gijja kasalligi. Trematodalar sinfiga mansub fassiolalar qoʻzgʻatadi. Ular tuxumini odam va oʻtxoʻr xayvonlar jigari, oʻt yoʻllari, oʻt pufagiga qoʻyadi, tashqariga axlat orqali chiqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisining keyingi rivojlanish davri suvli muhitda va oraliq xoʻjayin organizmi — mollyuskalarda oʻtadi. Lichinka mollyuska tanasida bir necha bosqichda tullab rivojlanadi. Fassiolalar lichinkasi boʻlgan suv yoki oʻsimlik isteʼmol qilinganda F. yuqadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. F.ning qoʻzgʻatuvchisi organizmga kirib, oradan 2—4 hafta oʻtgach, bemor isitmalaydi, toshma toshib, yoʻtal paydo boʻladi. Jigar kattalashadi va ushlab koʻrilganda ogʻriydi, badan sargʻayadi, F. surunkali kechganda meʼdaichak faoliyati buziladi, ovqat yaxshi qazm boʻlmaydi, goho koʻngli aynib, bemor qayt qiladi, ishtahasi yaxshi boʻlishiga qaramay, u ozib ketadi, darmoni quriydi.

F. odam va hayvonning axlati hamda qusugʻini tekshirib aniklanadi. Hayvonlarda kasallik oʻtkir va surunkali davom etib, oʻt pufagi va oʻt yoʻllari yalligʻlanadi. Hayvon umumiy zaharlanadi, moddalar almashinuvi buziladi. F. bilan asosan, qoʻy, echki va qoramol kasallanadi.

Davolash: F.ga sabab boʻlgan omil bartaraf etiladi va tegishli preparatlar beriladi.

Oldini olish: suvni qaynatib ichish, kasallik manbai boʻlgan yaylovlarni aniklash va zararsizlantirish, fassiolalar tuxumini tarqatuvchi mollyuskalarni zararsizlantirish, yaylovlarni almashtirish va boshqa