Farzinxon hofiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farzinxon hofiz, Farzin bek (1840 — Toshkent — 20-asrning boshida) — xonanda, sozanda (dutor, tanbur). Dastlab Toshkent toʻy-tomoshalarida, "Sharqiya" kechalarida ishti-rok etib, keyinchalik Isfara, Oʻsh, Turkiston va boshqa joylarda boʻlib oʻtadigan sayillarda, qoʻshiq bellashuvlarida qatnashgan, oʻzining keng dia-pazonli, yoqimli va shirador ovozi, dardli, his-tuygʻularga boy ijro uslubi bilan shuhrat qozongan. Muqimiy unga hofizlarning "beki" sifatida nisbat bergan, Furqat Farzinxon hofiz ismini oʻz sheʼrlarida tilga olgan:"Koʻrarsan anda Farzinxon degonni. Menga bir oshnoyi mehribonni..."Farzinxon hofiz repertuaridan Fargona — Toshkent maqom yoʻllari ("Toshkent irogʻi", "Ush-shoq", "Bayot"), katta ashulalar ("Patnus Ushshogʻi" va boshqalar) va oʻzi bastalagan ashulalar ("Bu na savdo kardan", Navoiy va boshqalar) oʻrin olgan. U, shuningdek, Xaziniy, Vijdiy, Yassaviy va boshqalarning sheʼrlariga aytiladigan diniy ashulalar bilan dovrugʻ taratgan, "Naʼtchi" tarifiga sazovor boʻlgan. Farzinxon hofiz ijrosidagi ashulalar 20-asr boshida grammofon plastinkasiga yozib olingan. Uning ijro anʼanalari koʻpgina hofizlar (jumladan, Hamroqulqori, Toʻychi hofiz va boshqalar) ijodiga taʼsir etgan. Bahriddin Nasriddinov.