Farrux Kagarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farrux Abdullayevich Kagarov (1937.23.11 — Toshkent — 2001.21.1) — grafik rassom, plakatchi; Oʻzbekiston xalq rassomi (1989). Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetini tugatgan (1959). Asosan, siyosiy plakat, kitob bezagi va hajviy janrlarda ijod qildi. Ijodida tinchlik mavzui yetakchi oʻrin tutadi; hajviy asarlari "Mushtum" jur.da bosilgan.

80-yillar oxiridan manzarali rangtasvir bilan shugʻullandi. "Mushtum" jurnali tahrir hayʼati aʼzosi (1986-yildan). Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi Plakatchilar seksiyasi raisi (1965—77 va 1982—86). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil