Farohrud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farohrud yoki Faroh-Rud - Afgʻoniston Islom Amirligining janubiy-gʻarbiy qismida joylashgan daryo. Uzunligi 580 km. Suv havzasining maydoni 33 km². Daryo Bandi-Bayon tizmasining janubiy tizmalaridan boshlanadi. Yuqori va oʻrta oqimi oʻrta Afgʻonistonning togʻlaridan, quyi oqimi Seyiston tekisligidan oʻtadi. Daryo suvlari Xomun oqmas koʻllariga quyiladi. Daryo bahor faslida sersuv, kuzda esa toshqinli boʻladi. Yoz fasliga kelib, quyi qismi qurib qoladi. Afgʻonistonda Farohrud daryosidan vohalarni sugʻorishda foydalaniladi. Farohrud vodiysida Faroh shahri mavjud.

Foydalanilgan Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Oʻzbek-Sovet ensiklopediyasi. 12-jild. Toshkent - 1979 yil.

2. https://viewer.rusneb.ru/ru/000199_000009_001336965?page=394