Farmer Genri Jorj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FARMER (Farmer) Genri Jorj (1882. 17.1, Birr, Irlandiya — 1965.30.12, Karluk, Lanark grafligi) — ingliz musiqashunosi, dirijyor, kompozitor. Yevropada musiqiy sharqshunoslik fanining asoschilaridan. Glazgo universitetini tugatgan (1910). Angliyaning turli teatrlarida dirijyor (1910—47), Glazgo universiteti oʻqituvchisi va kutubxonaning musiqiy boʻlimi mudiri (1934-yildan). 1916-yildan Sharq xalklari musiqa madaniyati, xususan, Forobiy, Ibn Sino va boshqalarning musika risolalarini oʻrganib, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida maʼruzalar oʻqigan, oʻnlab kitoblar nashr etgan ("Arab musiqasi tarixi 13 a.gacha", 1929; "Sharq musiqa cholgʻulari", 1931; "Islom musiqasi", 1957 va boshqalar).