Farmakoterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farmakoterapiya (yun. Pharmakon — dori va terapiya), dori terapiyasi — doridarmon bilan davolash. Etiotrop F.da doridarmonlar kasallik qoʻzgʻatuvchilarga taʼsir etadi (mas, infeksion kasalliklarni antibiotiklar bn, zaharlanishni esa antidotlar bilan davolashda). Oʻrin bosuvchi F.da organizmga yuborilgan dorilar fiziologik faol moddalar oʻrnini bosadi (mas, ichki sekretsiya bezlari yetishmovchiligida gormonal preparatlar qoʻllanadi). Patogenetik F.da doridarmon kasallikning patogeneziga taʼsir etadi (mas, adrenalin bronxial astmaga, nitroglitserin stenokardiyaga, glyukozidlar yurak yetishmovchiligida qoʻllaniladi). Agar preparatlar kasallikning faqat ayrim belgilari (simptomi)ga taʼsir etea (mas, ogʻriq yoki yoʻtal krldiruvchi dorilar), bunday F. simptomatik terapiya deyiladi. F. da turli xil doridarmonlardan foydalaniladi.

Infeksion kasalliklar va oʻsmalar kimyo terapiyasi — F.ning asosiy yoʻnalishidir. Kimyoterapevtik moddalar kasallik qoʻzgʻatuvchilar turi — mikroblar, viruslarga karab spetsifik taʼsir etadi. Bunday taʼsir etish infeksion agent yoki oʻsma hujayrasining fiziologik, biokimyoviy va boshqa xossalari bilan bogʻliq. Preparatlar taʼsiri ularning organizmga qanday usulda yuborilishiga, toʻqimalarda soʻrilishiga va boshqalarga bogʻliq. Ayrim hollarda organizmda doridarmonlarga chidamli mikroorganizmlar yoki oʻsma hujayralari paydo boʻlishi va koʻpayishi mumkin. Shuning uchun koʻpincha organizmga antimikrob va oʻsmalarga taʼsir etadigan bir qancha dorilarni qoʻshib yuboriladi.