Farida Afroʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Farida Afro'z
Tavalludi 5-mart 1956-yil
Mukofotlari

Farida Afro'z (Farida Boʻtayeva) — 1956-yil 5-martda Farg'ona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutida tahsil olgan.Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1] .

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Shoiraning “Qirq kokilligim” (1986), “Iztirob koʻylagi” (1992), “Tunlar isyoni” (1994), “Koʻzim manim…” (1999), “Oʻzimdan oʻzimgacha” (2001), “Ushshoq” (2004), “Tasbih” (2006), “Oʻsha kun bugundir” (2012) nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Bundan tashqari uning “Qirq qoʻshiq”, “Ayol qalbi”, “Kel, bugunni bayram qilaylik” audio kitoblari disk shaklida chiqib, adabiyot ixlosmandlari koʻnglidan joy oldi. Uning sheʼrlari bir qator xorijiy tillariga tarjima qilindi. Farida Afroʻz “Qurbonjon dodhox” (2000) tarixiy dramasini ham yozdi. U 1999-yili “Shuhrat” medali, 2001-yili “Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi” koʻkrak nishoni, 2017-yili “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Afro'z, Farida. „Farida Afro'z hayoti va ijodi“ (11-oktabr).