Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri — 1993 yil tashkil boʻlgan. Dastlab (1989 yil dek.dan) teatr studiyasi sifatida faoliyat koʻrsatgan, 1993 yil 1 martdan hozirgi nomda. "Qoʻgʻirchoqbozlar tomoshasi" (Gʻayratiy) spektakli bilan ochilgan. Habibullo Hakimov, Mayram Ashurova, Muhammadsoli Yusupovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridan. Keyinchalik "Sirli sandiq" (O. Tolipov), "Gʻaroyib poyga" (Spiranskiy) kabi spektakllar bilan oʻz mavqeini mustaxkamladi. Italo Kalvinaning "Uch apelsin" asari asosida H. Hakimov ssenariysi boʻyicha sahnalashtirilgan spektakl Respublika qoʻgʻirchoq teatrlari 4festivali (Andijon, 1993 yil)da "Eng yaxshi musiqali spektakl" nominatsiyasiga, 1995 yil 5festival (Toshkent)da "Yovvoyi oʻrdakcha" spektakli "Eng yaxshi spektakl" sovriniga sazovor boʻlgan. Shu spektaklni yaratganlar (rej. H. Hakimov, S. Sedukin — rassom, R. Litvin — kompozitor, N. Maslova — aktrisa) "Eng yaxshi rejissura", "Eng yaxshi rassom", "Eng yaxshi musiqa", "Eng yaxshi ayol roli" nominatsiyalari gʻolibi boʻlganlar. Navoiy va Fuzuliy poeziyasi asosida sahnalashtirilgan "Layli va Majnun" musiqali spektakli teatrning soʻnggi yillar maqsulidir. Teatrning badiiy rahbari — Habibullo Hakimov, bosh rassom — Shuhrat Abdumalikov.