Fargʻona viloyat davlat rus drama teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fargʻona viloyat davlat rus drama teatri — Oʻzbekistondagi yirik teatrlardan biri. Dastlab, yosh tomoshabinlar teatri sifatida tashkil qilinib (1934), 1938-yil drama teatriga aylantirilgan. "Chapayev", "Ikki boyga bir malay", "Revizor" singari dastlabki spektakllarning sahnalashtirilishida teatrning birinchi badiiy rahbari va rej.i G.D. Abdulov (1970-yilgacha ishlagan)ning xizmati katta. V. Shchukareva, T. Shlyapnikova, F. Gorniy, S. Maltsev, A. Cherkasov, N. Ribakov va boshqa teatrning dastlabki aktyorlari, bosh rassomi A. N. Uzlov teatr shakllanishi, uning keyingi ravnaqi, mustahkam mavqega ega boʻlishiga munosib hissa qoʻshdilar.

Ikkinchi jahon urushi davrida teatr truppasi Qoʻqon shahriga koʻchiriladi. 1956-yil rus teatri yana oʻz binosiga qaytadi. Teatr repertuarini koʻproq mumtoz va oʻzbek yozuvchilari asarlari asosida yaratilgan spektakllarga karatadi. "Bir stakan suv" (O.E. Skrib), "Soʻna" (E. Voynich), "Palata" (S. Alyoshin), "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Irkutsk vokeasi" (A. Arbuzov), "Maysaraning ishi" (Hamza), "Hayot qoʻshigʻi" (Uygʻun), "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla), "Shohsanam" (xalq dostoni) va boshqa shular jumlasidan.

Teatr spektakl yaratishda epikqahramonlik, maishiypsixologik drama, komediyalar, oʻtkir satirik, lirik pyesalarga alohida eʼtibor bergan. "Sershovqin joy", "Puchina", "Quturgan pullar" (A. Ostrovskiy), "Zulmat hukmronligi" (L. Tolstoy), "Jalalar oraligʻida" (A. Shteyn), "Biz keldik" (V. Yernev), "Qishloq komediyasi" (M. Varfolomeyev), "Retro" (A. Galin), "Riyokor tutqunligi" (M. Bulgakov) kabilar bunga misoldir.

Mustakillikdan keyin teatr hayoti qayta oʻzgarishlarga boy boʻldi. Teatr qoshida aktyorlik studiyasi ochildi. Teatr jamoasi yangi aktyorlar bilan toʻldirildi. Yosh aktyorlar mahoratini oshirish maqsadida chetdan respublikaning tanikli rej.lari (mas, V. Umarov, M. Abdullayeva va boshqalar) taklif etildi. Teatr ijodkorlari ijod qilish va tomoshabinlarga xizmat koʻrsatishning yangi shakllarini izlamoqda, sahnaga zamonning dolzarb muammolarini olib chiqishi bilan bir qatorda mumtoz, tarixiy asarlarga ham keng oʻrin berilmokda. "Gʻirashiradagi oʻyin" (V. Bagramov), "Hushiga kelmay gurib" (K. Novak), "Shaytonlik" (N. Gogol, "Sorochinsk yarmarkasi" asari asosida), "AlManzori uzuklari" (sharq ertaklaridan), "Amakimning tushi" (F. Dostoyevskiy), "Kodjin gʻovgʻalari" (K. Goldoni), "Fargona farzandi" (Y. Sulaymon, alFargʻoniy hayoti haqida) va boshqa soʻnggi yillar mahsulidir. K. Novak, H. Saidov, L. Safkova, O. Shokirova, O. Bugayev, L. Akromov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari — Husan Saidov, bosh rassom — N. Kamenskiy.