Fargʻona halqa avtomobil yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fargʻona halqa avtomobil yoʻli — umumdavlat (respublika) ahamiyatidagi yoʻl. Namangan viloyatining Pungon qishlogʻida A373 "Toshkent — Oʻsh" xalqaro avtomobil yoʻlidan boshlanib, Koʻqon — Rishton — Fargʻona — Andijon — Namangan — Chuyet — Pop shaharlaridan oʻtib Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida yana A373 avtomobil yoʻliga tutashadi. Yoʻlga 1931-yilda asos solingan boʻlib, xalq hashari usuli bilan qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida qarovsizlik oqibatida buzilib yaroqsiz qolga keldi. Urushdan keyin 1946—53 yillarda qayta qurildi, Fargʻona vodiysining asosiy avtomobil yoʻliga aylantirildi va yoʻl boʻylab muntazam yoʻlni saqlash xizmati tashkil qilindi. Keyinchalik yoʻl yoʻnalishidan chetda boʻlgan Chust va Shahrixon shaharlariga, Fargʻona dam olish zonasiga, Namangan aeroportiga, Pop temir yoʻl styasiga, Karkidon suv omboriga va boshqa xoʻjalik obʼyektlariga uz. 43 km ni tashkil qiluvchi chiqish yoʻllari ham qurilib halqa yoʻl bilan uzviy bogʻlandi. Umumiy uz. 295 km, shundan 159 km —I toifali, 133 km — II toifali, 3 km — 111 toifali, qattiq asfaltbeton toʻshamali, yil davomidagi kunlik transport harakati jadalligi yoʻlning turli qismlarida turlicha boʻlib 5000— 12000 avtomobil /kunni tashkil qiladi. Yoʻlning daryolar, kattakichik tabiiy suv oʻzanlari bilan kesishuv qismlarida uz. 5256 m boʻlgan 88 temirbeton koʻpriklar va uz. 20953 m boʻlgan 654 temirbeton quvurlar qurilgan.

Adtreltsov I. V., Semyonov L.I., Opit stroitelstva avtomobilnix dorog v Uzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.