Faraxli noyabr (film 2001)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Faraxli noyabr
Sweet November
Rejissyor(lar) Pet Okonnor
Prodyuser(lar) Elliot Kastner
Stiven Reuter
Debora Stof]
Ervin Stoof
Ssenariynavis(lar) Pol Yurik
Kurt Velker
Rollarda Kianu Rivz, Sharliz Teron
Bastakor(lar) Kristofer Young
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Byudjeti 40 million.$
Daromadi 65 754 228 $

"Faraxli noyabr" (inglizcha: Sweet November) – Kianu Rivz va Sharliz Teron ishtirokidagi Amerika melodramasi. Tanqidchilarning yomon baholari tufayli film 2001-yilda „Eng yomon remeyk yoki sikvel“ nominatsiyasida „Oltin malina“ mukofotiga nomzodlikka qoʻyilgan, Kianu Rivz va Sharliz Teron esa mos ravishda „Eng yomon aktyor“ va „Eng yomon ayol roli“ nominatsiyasiga nomzodligi koʻrsatilgan[1].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biznesmen Nelson Moss, karyerasi uchun shaxsiy hayotini qurbon qiladigan reklama agenti. Shu paytgacha uchrashgan hech qaysi ayolga oʻxshamaydigan Sara bilan tanishibqoladi. Ularning mutlaqo tasodifiy tanishuvi yana bir nechta uchrashuvlar bilan davom etadi. Sara bir oz gʻalatiroq, quvnoq qiz edi va Nelsonning hayotini tubdan oʻzgartiradi. Qiz unga hayotni va undan qanday zavqlanishni koʻrsatadi. Nelson Saraning doʻstlari bilan uchrashadi va bu uni bagʻrikeng insonga aylanishiga olib keladi.

Noyabr oyining har bir kunini ular birga oʻtkazar ekan, Nelson Saraga borgan sari oshiq boʻlib, u uchun avvalgi zerikarli hayoti va karyerasidan voz kechadi. Unga turmush qurishni taklif qiladi va Sara birinchi marta „ha“ demoqchi ekanligini taʼkidlaydi.

Nelson, Sara saraton kasalligidan oʻlayotganini bilib oladi. Nelson uning oʻlimini koʻrishga chiday olmasligini bilgani sababli, Sara munosabatlarini uzishga qaror qiladi va Nelsondan ketishini soʻraydi. Nelsonning iltimosiga binoan, Sara yana bir kun u bilan qoladi. Xayrlashish paytida, Sara shunday deydi: „Meni kuchli va goʻzal deb eslab qolishingizni xohlayman. Agar siz meni shunday eslasangiz, men hech narsadan qoʻrqmayman“. Sara Nelsonning koʻzlarini bogʻlaydi, uni oxirgi marta uni oʻpadi koʻzlari bogʻlangan holda qoldirib ketadi[2].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol
Kianu Rivz Nelson Moss Nelson Moss
Sharliz Teron Sara Diver Sara Diver
Djeyson Ayzeks Chass Chass
Grag German Vins Vins
Loren Graham Anjelika Anjelika
Eyken Liam Ebner Ebner
Frank Lanjella Edgar Prays Edgar Prays
Maykl Rozenbaum Brendi Brendi

Soundtrack[tahrir | manbasini tahrirlash]

NomiIjrochiDavomiyligi
1.„Cellophane“Amanda Gost3:33
2.„Only Time“Eniya3:38
3.„Shame“Jeremy Court3:21
4.„Touched by an Angel“Steve Nix4:23
5.„The Consequences of Falling (Lenny B Remix)“Katrene Lang4:16
6.„Heart Door“Coul Polla4:08
7.„My Number“Tegan and Sara4:09
8.„Off The Hook“Barenaked Ladies4:34
9.„Rock DJ“Robbi Williams4:16
10.„Baby Work Out“Jack Wilson3:00
11.„You Deserve To Be Loved“Tracy Dawn5:02
12.„Wherever You Are“Selesta Prince4:17
13.„The Other Half Of Me“Bobby Daren2:27
14.„Calafia“Jump With Joey5:25
15.„Middle of the Night“Rick Brown4:25
16.„Time After Time“Kianu Rivz00:59

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2001’s Berry Biggest B.O. Bombs ‘FINGERED’ in Tinsel Town’s Top Turkey Trot: The 22nd RAZZIES“. 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-yanvar.
  2. Antony Leoung. „Sweet November Movie Review“. MediaCircus. — „Nothing that happens on the screen is believable, as the screenwriters had to dumb-down the characters, mix up their motivations, and twist the circumstances in order for the story to work. This 'artificial sweetness' is further exacerbated by the lack of chemistry between the two leads.“. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-sentyabr.