Faradometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faradometr, faradmetr (farada va ...metr) — sanoat chastotasidagi oʻzgaruvchan tok elektrotexnika buyumlari (kondensatorlar, kabellar va boshqalar)ning elektr sigʻimini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. F.da bevosita oʻlchovchi mexanizm sifatida elektromagnit, elektrodinamik yoki ferrodinamik logometr qoʻllanilgan. Bu F.larning shkalalari mkF va pF da darajalanadi. Magnitoelektr oʻlchash mexanizmli F.lar ham bor.